Kabo-Verde ilk bor Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
13-oktyabr kuni 2026-yilgi mundial saralash bosqichining Afrika mintaqasidagi soʻnggi tur uchrashuvlari boshlandi. Ushbu tur doirasidan oʻrin olgan bahsda Kabo-Verde oʻz maydonida Esvatini terma jamoasini qabul qildi va raqibini 3:0 hisobida taslim etdi.
Gollar Livramento, Stopira va Semedo tomonidan urildi. Bu gʻalaba orqali Kabo-Verde jamoasi 23 ochko jamgʻarib, yaqin taʼqibchisidan 4 ochkoga uzoqlashdi hamda mundialga yoʻllanma masalasini muddatidan oldin hal qildi.
Maʼlumot uchun, bu gʻalaba oroli davlat uchun tarixiy ahamiyatga ega — Kabo-Verde hech qachon Jahon chempionatida ishtirok etmagan edi. Mamlakat aholisi 583 ming nafarga yaqin, umumiy yer maydoni esa 4033 kvadrat kilometrni tashkil etadi.
Qiyos uchun: bu hudud Oʻzbekiston maydonidan taxminan 111-marta kichikdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring