JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Hozirda Gʻazo sektoridagi 36 ta shifoxonadan 12 yoki 13 tasi qisman ishlayotgan, ammo birortasi toʻliq faoliyat koʻrsata olmayapti. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) vakili Rik Piperkorn maʼlum qildi, deya xabar beradi TASS.
“Hozirda 14 tadan ham kam shifoxona ishlayapti, aniqrogʻi 12 yoki 13 ta. Ammo ularning birortasi ham toʻliq faoliyat yuritmayapti, garchi JSST tomonidan yordam koʻrsatishga harakat qilinsa ham”, — dedi u.
Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga koʻra, harbiy harakatlar boshlanganidan beri anklavda 66 mingdan ortiq falastinlik halok boʻlgan, 168 mingdan ziyod kishi yaralangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring