Yakkabogʻda kadastrlar palatasining yangi binosi foydalaniga topshirildi

13:37 14 Iyun 2022 Jamiyat
470 0

Foto: Xalq so‘zi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Yakkabogʻ tumani filialining yangi binosi qurib bitkazildi. 1 mlrd. soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga qad rostlagan muhtasham va zamonaviy mazkur binoning ochilish marosimi tantanali tarzda oʻtkazildi.

— Tumanda davlat kadastrining samarali faoliyatini taʼminlash va davlat kadastrlari nazoratini olib borishda yangi, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega yangi binoning foydalanishga topshirilishi ayni muddao boʻldi, —  deydi Yakkabogʻ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev. — Binobarin, tumanda yer-mulk va koʻchmas mulk bilan bogʻliq barcha muammolarni yechishda va tadbirkorlarning yerga, mulkka boʻlgan munosabatlarini yanada yuksaltirishda yangi imkoniyatlar yaratilayotgani eʼtiborga molikdir.

Tantanali ochilish marosimida Davlat kadastrlar palatasi raisi Mohir Valiyev ishtirok etdi.

 

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?