Yakkabogʻda ilk bor murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi
Foto: «Xalq soʻzi»
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida ilk marotaba bemorda endoprotezlash jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.
67 yoshli Chinni momo Ismatova oʻtgan yili uyda yiqilib, son suyagi boʻyinchasining sinishi oqibatida yurolmay qolgandi.
Unda tumanning oʻzida oʻng son suyagini total endoprotezlash operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ayni paytda bemorning ahvoli yaxshi, u yana mustaqil qadam tashlay boshladi.
— Avval bunday amaliyotlar poytaxtda yoki ayrim viloyat markazlaridagina oʻtkazilgan boʻlsa, bugun chekka hududlardagi shifoxonalar ham eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanib, ularda murakkab turdagi tibbiy amaliyotlarni bajarish imkoniyatlari yaratilmoqda, — deydi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamov. — Masalan, mart oyi boshida viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida Qashqadaryoda ilk bor tizza boʻgʻimini endoprotezlash amaliyoti oʻtkazilgan edi. Mana endi bu turdagi amaliyot Yakkabogʻda ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring