Yadro qurolidan foydalanish xavfi juda yuqori — BMT bosh kotibi oʻrinbosari

23:47 04 Oktyabr 2021 Dunyo
942 0

Illyustrativ foto

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi oʻrinbosari yadro urushining xavfi juda oshib borayotganini taʼkidladi. 

Yadro qurolidan foydalanish xavfi juda yuqori. Mamlakatlar oʻrtasidagi ziddiyatning kuchayib borishi bilan bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, jumladan, yadroviy urush. Ushbu fikrlarni BMT bosh kotibining oʻrinbosari, qurolsizlanish masalalari boʻyicha oliy vakil Izumi Nakamitsu aytib oʻtdi

“Yadroviy qurollarga ega qudratli davlatlar oʻrtasida adovatning kuchayishi yadroviy xavflarning qabul qilib boʻlmaydigan darajaga olib chiqdi”, deydi Izumi Nakamitsu.

Shu bilan birga, dunyoning turli mamlakatlarida toʻplanib borayotgan qurol-aslahalar ham xavf tugʻdiradi. 

BMT Bosh kotibi oʻrinbosari taʼkidlashicha, 2020-yilda global harbiy xarajatlar qariyb 2 trillion dollarni tashkil qilgan. Bu 2019-yilga nisbatan 2,6 foizga koʻp.

Oldinroq, dunyoda yadro qurolidan foydalanish xavfi nihoyatda yuqori ekanligi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish tomonidan ham taʼkidlangan edi. 

Bosh kotibning soʻzlariga koʻra, bu xavf 40 yillikdagi maksimal darajasiga yetgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер