“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab “Work and Travel” xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.
Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar uchun amal qiladi. Har yili 2 ming nafargacha talabaga BHMning 40 baravari miqdorida foizsiz ssuda ajratilishi koʻzda tutilgan. Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
Ssuda soʻrayotgan talabalardan bir qator hujjatlarni taqdim etish talab qilinadi. Ular qatorida xorijdagi ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, kafil shaxsning soʻnggi 12 oylik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumot va qarz shartnomasi boʻyicha kafillik roziligi (agar mavjud boʻlsa), shuningdek, viza nusxasi ham ilova qilinishi kerak boʻladi.
Ssudani olgan talabalar xorijdan qaytganidan soʻng 1 oy muddat ichida ushbu mablagʻni toʻliq qaytarishi shart. Bundan tashqari, 1 kalendar yili mobaynida 2 ming nafar ariza beruvchiga ssuda ajratilishi maʼqullangandan keyin arizalarni qabul qilish toʻxtatiladi. Bu limitga kirmagan shaxslar kelgusi yilda arizani qaytadan topshirishlari lozim boʻladi.
Ssuda ajratish tizimi orqali talabalarga moliyaviy yordam koʻrsatish bilan birga, ularning xalqaro tajriba orqali shaxsiy va kasbiy oʻsishini qoʻllab-quvvatlash maqsad qilingan. Bu orqali mamlakat yoshlari xorijiy bozorda tajriba toʻplab, kelajakda ichki mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishiga zamin yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring