“WizzAir” birinchi bor Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻydi
25-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:33 da Vengriyaning “WizzAir” aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga kelib qoʻndi. Airbus A321 neo samolyoti Oʻzbekistonga yangi — Abu-Dabi — Toshkent — Abu Dabi parvoz yoʻnalishini ochdi. Ekipaj va yoʻlovchilar terminalda tantanali ravishda kutib olindi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam reyslar A320/321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu yoʻnalishdagi chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yil dekabr oyidan boshlab “WizzAir” Samarqand aeroportiga haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Wizz Air — 2003-yilda tashkil etilgan Vengriyaning arzon narxlardagi aviakompaniyasi. 2022-yil iyul holatiga koʻra Wizz Air aviaparki oʻrtacha yoshi 5,3 yil boʻlgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring