Wizz Air aviakompaniyasining Abu-Dabi — Toshkent — Toshkent — Abu-Dabi yoʻnalishidagi reysi texnik sabablarga koʻra qoldirildi
20-fevral kuni Wizz Air aviakompaniyasining 5W7159/5W7160 Abu-Dabi — Toshkent — Abu-Dabi yoʻnalishi boʻyicha rejalаshtirilgan reysi texnik sabablarga koʻra kechiktirildi.
Xususan, Toshkentdan Abu-Dabiga parvoz mahalliy vaqt bilan soat 11:10 dan 23:30 ga qoldirilgan. Yoʻlovchilar aviakompaniya tomonidan SMS orqali reys kechiktirilishi haqida ogohlantirilgan.
Ayni paytda ushbu reys yoʻlovchilari Toshkentga bort kelishini kutishmoqda. Poytaxt aeroporti vakillari yoʻlovchilarni ichimlik suvi va issiq ovqat bilan taʼminlash choralarini koʻrishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring