WBC reytingi yangilandi: Madrimov koʻtarildi, Jalolov kuchli oʻnlikda

Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning dekabr oyi uchun yangilangan reytingini eʼlon qildi. Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar qildi.
Unga koʻra, mazkur reytingdan 6 nafar oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi oʻrin olgan. Xususan, Isroil Madrimov va Hasanboy Doʻsmatov oʻz vazn toifalarida 3-oʻrinni egallagan boʻlsa, Bektemir Meliqoʻziyev 9-pogʻonadan joy olgan.
Superogʻir vaznda jang olib borayotgan tajribali bokschimiz Bahodir Jalolov 10-oʻrinda qayd etilgan.
Yangilangan reytingda oʻzbek bokschilari quyidagi oʻrinlarda qayd etilgan:
- Superogʻir vazn: Bahodir Jalolov 10-oʻrin;
- Superoʻrta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqoʻziyev 9-oʻrin;
- Birinchi oʻrta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 3-oʻrin;
- Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 17-oʻrin;
- Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov 37-oʻrin;
- Birinchi oʻta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Doʻsmatov 3-oʻrin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring