WBA Shahram Gʻiyosovning chempionlik jangiga buyruq berdi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) oʻzbekistonlik bokschi Shahram Gʻiyosov ishtirokidagi chempionlik jangiga buyruq berdi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, WBA yarim oʻrta vazn toifasi chempioni Eymantas Stanionisning ushbu kamarga majburiy daʼvogar Shahram Gʻiyosovga qarshi jang oʻtkazishi kerakligini bildirgan. Endi bokschilarning jamoasi oʻzaro jang sanasi, manzili va shartlari boʻyicha kelishib olishi lozim.
Maʼlumot uchun, Gʻiyosov bugungacha 16 ta jang oʻtkazgan va barchasida gʻalaba qozongan. U soʻnggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni magʻlubiyatga uchratgan edi. Toʻliq 10 raund davom etgan jangda hakamlarning ikki nafari oʻzbekistonlik bokschi gʻalabasini, bir nafari Parraning gʻalaba qozonganini qayd etgandi.
Litvalik 30 yoshli bokschi professional boksda 15 ta jang oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozongan. Janglarining 9 tasini muddatidan avval yakunlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring