Voleybol: Markaziy Osiyo chempionatining ilk turida qanday natijalar qayd etildi?
Xabar berganimizdek, kecha Fargʻona shahrida voleybol boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida birinchi marta oʻtkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionatiga start berildi.
Musobaqaning 1-turida muxlislar Qozogʻiston – Qirgʻiziston hamda Oʻzbekiston – Tojikiston qarama-qarshiliklariga guvoh boʻlishdi.
Ayollar oʻrtasida kechgan oʻyinlarda bir xil – 3:0 hisoblari kuzatildi. Qozogʻistonlik voleybolchi qizlar xuddi shu hisobda qirgʻizlarni, yurtimiz voleybolchilari esa tojikistonlik dugonalarini magʻlub etishdi.
Erkaklar oʻrtasidagi musobaqada esa Qozogʻiston va Qirgʻiziston terma jamoalari oʻrtasidagi bahs murosasiz kechib, oʻyin gʻolibi tay-brek yordamida aniqlandi. Unda qozogʻistonlik voleybolchilarning qoʻli baland keldi.
Ikkinchi oʻyinda esa terma jamoamiz tojikistonlik raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 3:0, Oʻzbekiston foydasiga!
Musobaqa gʻoliblari 22-avgust kuni aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring