Vodiydan Toshkent, Nukus, Buxoro va Urganch shaharlariga kunlik aviareyslar ko‘paytiriladi
Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Ichki turizmni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratamiz. 2030 yilga borib, kamida 25 million aholimiz mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.
Xususiy sheriklik asosida:
➖ vodiydan Toshkent, Nukus, Buxoro va Urganch shaharlariga kunlik aviareyslar ko‘paytiriladi;
➖ mamlakatimiz miqyosida shaharlararo avtobus qatnovini ta’minlaydigan kompaniyalar tashkil etiladi;
➖ vodiyning tuman va shaharlarini bog‘lovchi “Oltin vodiy sayyohlik halqasi”, Xorazm va Qoraqalpog‘iston bo‘ylab “Qal’alar halqasi” kabi yangi turistik yo‘nalishlar ochiladi;
➖ yaxshi qo‘shnichilik siyosatini davom ettirib, Namanganda Nanay va Farg‘onada Shohimardon hududlarining turizm salohiyatini to‘liq ishga solamiz;
➖ hududlarda yana 4 mingta mehmonxona, mehmon uylari va xostellar tashkil etilib, mehmon o‘rinlari soni kamida 2 barobar oshiriladi (120 mingdan 250 mingga)”, – dedi nomzod.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring