Vobkentda payvandlash orqali “Avatar” mahalliylashtirilmoqda
Dasturxonga qoʻyilgan uzumdan malina va qulupnay taʼmini ham his qilmoqchi boʻlganlarga Vobkent tumanidagi Latifsobungar mahallasida yashovchi Sherali Boltayevning xonadoniga borishni maslahat beramiz. Asl mutaxassisligi biolog boʻlgan bu tinib-tinchimas inson uzumning “Avatar” navini mahalliy sharoitga moslashtirib, durust natijaga erishmoqda.
— Bir gektar yerda mevazor va tokzor barpo etganmiz, — deydi u. — Okeanortida, yaʼni AQSHda yaratilgan bu navli uzumni payvandlash orqali koʻpaytiryapmiz. Dastavval kichik laboratoriyada uni sinovdan oʻtkazdik. Iqlimga tez moslashdi. Mevasi yirik va urugʻsiz. Isteʼmol qilganingizda malina bilan qulupnayning taʼmini his etasiz. Olis masofaga tashishga ham, uzoq muddat saqlashga ham yaroqli. Mayizining bozori chaqqon.
Aytmoqchi, bogʻ yaratib, uzum yetishtirish Sherali Boltayev uchun ota kasb. Bogʻbonlikni ilm bilan uygʻun holda olib borayotgan bu inson kam boʻlayotgani yoʻq. “Avatar”ni parvarishlash agrotexnologiyasini chuqur oʻrgangan mirishkor endi kech kuzda undan qalamcha tayyorlab koʻpaytirish niyatida. Shu tariqa u nafaqat mahalladoshlari, balki tumandoshlarida ham bozorda har kilogrammi 100 ming soʻmdan yuqori turgan kamyob uzum yetishtirishga ragʻbat uygʻotmoqchi.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring