Vladimir Putin xalqaro hibsga olish orderiga qaramay Moʻgʻulistonga tashrif buyurdi. Rossiya yana bir davlatda AES qurmoqchi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin, unga qarshi xalqaro hibsga olish orderiga qaramay, Moʻgʻulistonga tashrif buyurdi. Xalqaro Jinoyat Sudi (ICC) aʼzosi boʻlgan Moʻgʻuliston bu talabni bajarmadi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Moʻgʻuliston Putinni hibsga olish haqidagi chaqiriqlarga eʼtibor bermay, rasmiy tashrifni amalga oshirgan. Kichik bir namoyishchilar guruhi bunga qarshi boʻlgan bannerni koʻtargan, ammo hukumat ularga hech qanday chora koʻrmagan.
Ukraina Moʻgʻulistonni Putinni hibsga olib, Xalqaro sudga topshirishga chaqirdi. Amnesty International Mongolia hukumatning uni mezbonlik qilish qarorini tanqid qilib, bu xalqaro adolatga putur yetkazishini taʼkidladi.
Qayd etish kerakki, Moʻgʻuliston yoqilgʻi va elektr energiyasi boʻyicha Rossiyaga, togʻ-kon sanoatiga sarmoya boʻyicha esa Xitoyga tayanadi. Tashrif chogʻida Rossiya va Moʻgʻuliston elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish va yoqilgʻi yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolangan va bu mamlakat uchun ahamiyatli yoʻl ekanligini ham eslatib oʻtish lozim.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Vladimir Putin Moʻgʻulistonga bir necha bor tashrif buyurgan. Soʻnggi marotaba 2019-yilda Mugʻilistonga kelgan edi. Qayd etilishicha, ushbu tashrifdan asosiy maqsad Moʻgʻulistonda atom elektr stansiyasini qurish masalasini muhokama qilish edi.
Tashrif chogʻida Putin va Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ushbu loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish boʻyicha kelishuvlarni imzoladi. Atom elektr stansiyasi Moʻgʻulistonning Rossiya energiya manbalariga qaramligini kamaytirishi va energetika xavfsizligini oshirishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring