Vladimir Norov Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2022-yil 1-dekabr kuni Lodz shahrida boʻlib oʻtayotgan YXHT Vazirlar kengashining 29-majlisi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Shvetsiya Qirolligi Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom bilan uchrashdi.
Suhbat avvalida V.Norov T.Billstryomni Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi.
Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekiston Prezidentining Shvetsiyada elchixona ochish toʻgʻrisidagi qarori ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam ekani alohida taʼkidlandi.
Boʻlajak qoʻshma tadbirlar, jumladan, Oʻzbekiston-Yevropa Ittifoqi shaklida oʻtkaziladigan tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston va Shvetsiya parlamentlari oʻrtasidagi ikki tomonlama muloqotni kengaytirish tomonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan parlament diplomatiyasini rivojlantirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xususan, Shvetsiya bozoriga yuqori sifatli oʻzbek mahsulotlarini eksport qilishni koʻpaytirish, turli yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun sohaviy tuzilmalari oʻrtasida yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi. .
Muzokaralarda, shuningdek, ilmiy-taʼlim sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish va ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring