Vazir oʻrinbosari harbiy qismda boʻldi

14:32 27 Fevral 2023 Jamiyat
466 0

2023-yil 27-fevral kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov, Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7251 sonli harbiy qismga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli Qarori “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi Kodeksi” bilan qabul qilingan qaror va kodeksda koʻrsatilgan talablar boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berib oʻtdi. Tashrif davomida vazir oʻrinbosari harbiy xizmatchilarning harbiy intizomni mustahkamlash, kasb mahorati, harbiy xizmatda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan intizomni buzish holatlarini oldini olish, yakka va guruh tarkibdagi suhbatlarni koʻproq tashkillashtirilishi, bevosita komandirlar (boshliqlar) oʻzining qoʻl ostidagi shaxsiy tarkibning psixologik holati ijtimoiy ahvoli boʻyicha chuqurroq oʻrganish kabi harbiy qism boʻlinma komandirlariga (boshliqlariga) koʻrsatmalar berib oʻtdi.

Tadbir soʻngida vazir oʻrinbosari 2023-2024-yil chaqiruvdagi yangi yosh askarlarni qabul qilish boʻyicha tayyorgarliklar va moddiy baza, yotoqxona, mashgʻulot xonalari, askarlar oshxonasi va tibbiy xizmat xonalarining sozligi, sifati va tayyorgarligini koʻzdan kechirdi, shuningdek, harbiy qism rahbariyatiga kerakli koʻrsatmalar berib oʻtdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?