“Vatanparvar” tashkiloti Milliy gvardiya bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Milliy gvardiya qoʻmondonligi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Ushbu memorandumga muvofiq, endilikda Milliy gvardiya qoʻshinlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan yoshlar ixtiyoriy ravishda “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi avtomototransport haydovchilarini tayyorlash kurslarida “A”, “B”, “BC”, “C”, “D”, “E” toifalari boʻyicha va yana beshta mutaxassislik, yaʼni vulkanizatorchi, elektrik-akkumulyatorchi, gaz-elektr payvandchi, chilangar, avtoelektrik tayyorlashga ixtisoslashtirilgan texnik xizmat koʻrsatish kurslarida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Memorandumda, shuningdek, harbiy xizmatchilarni Vatanga sadoqat va yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda koʻmaklashish hamda ular oʻrtasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va yoʻl transport hodisalarini oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish belgilangan.
Bundan tashqari, mazkur hujjatga muvofiq, shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarning farzandlarini motokross, karting, yozgi biatlon, duatlon, pnevmatik quroldan oʻq otish, modelizm kabi sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha “Vatanparvar” tashkiloti tizimida tashkil etilgan bepul seksiya va toʻgaraklariga jalb etilishi belgilangan.
Tadbirda soʻzga chiqqan “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirovning bildirishicha, “2021-yil – Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da tomonlarning bunday yangi loyihalarni amalga oshirishdan maqsad, vaqti kelib, yoshlar muddatli harbiy xizmatni yakunlaganlaridan soʻng, ular nafaqat Vatanimiz oldidagi muqaddas burchni ado etgan boʻladi, shu bilan birga, “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv kurslarida tegishli kasb-hunarlarni oʻrganib, uylariga qaytadilar.
Respublika boʻylab yoʻlga qoʻyilayotgan ushbu yangicha tizim yaqin oylar ichida minglab yoshlar hayotda oʻz oʻrinlarini topishi, yaʼni bandligi taʼminlanishiga mustahkam zamin yaratadi.
Taʼkidlash joizki, harbiy xizmat davomida ommaviy texnik kasblarni oʻzlashtirgan yoshlarning ota-onalari ham yoshlar bandligini taʼminlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, jumladan, “Vatanparvar” tashkiloti va Milliy gvardiya qoʻmondonligi saʼy-harakatlari tufayli farzandlari bir yil davomida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarning egalari boʻlib qaytganliklaridan benihoyat mamnun boʻladilar.
“Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi Qurolli Kuchlar tarkibidagi yana bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlik memorandumi imzolashni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring