Vashingtondagi elchixonamiz AQSH va Oʻzbekiston rasmiy hamda diniy doiralari vakillari uchun dinlararo iftorlik oʻtkazdi
Foto: Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi
Muborak Ramazon oyida Vashingtondagi elchixonamiz tomonidan Oq uy, Davlat departamenti, Mudofaa vazirligi, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Qoʻshma shtatlarda keng tarqalgan din va konfessiyalarning vakillari, hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi aʼzolari ishtirokida iftorlik uyushtirishdi.
Xususan, marosimda AQSHning Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi (USCIRF) raisi Nadin Mayenza, Shimoliy Amerika Islom hamjamiyati sobiq prezidenti Sayid Sayid, AQSHning diniy erkinlik boʻyicha maxsus maxsus topshiriqlar boʻyicha sobiq elchisi Devid Sapershteyn, Global faoliyat instituti (“IGE”) rahbari Kris Sipl, AQSHning sharqiy sohilidagi eng yirik Islom markazi “ADAMS” markazi vakili Sayid Moktadir va boshqalar.
Iftorlik avvalida elchi Javlon Vahobov mehmonlarga mamlakatimizda anʼanaviy islom qadriyatlarimizni asrab-avaylash va targʻib qilish, hamda Oʻzbekistonda diniy erkinliklarni taʼminlash borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi. Tadbir davomida ishtirokchilariga xalqimizning bagʻrikenglik anʼanalari, jumladan muqaddas Ramazon oyining Oʻzbekistondagi barcha din va konfessiyalar vakillari bilan birgalikda hurmat va ehtirom ruhida keng nishonlanilayotgani haqida maʼlumot berildi.
Tarixan koʻp millatli va ellatli davlat boʻlgan Oʻzbekiston bugun islom va boshqa koʻplab dinlar rivojlanayotgan dunyoviy davlatdir. Hukumatning fikr, eʼtiqod va din erkinligini himoya va targʻib qilish, yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash va jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish prinsipi orqali amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida alohida taʼkidlandi.
Iftorda soʻzga chiqqan Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha AQSH komissiyasi (USCIRF) raisi N.Mayenza bir necha kun avval Oʻzbekistonga tashrif buyurib, rasmiylar, fuqarolik jamiyati vakillari va diniy yetakchilar bilan uchrashish imkoniga ega boʻlganini aytib oʻtdi. “Oʻzbekiston soʻnggi toʻrt yil ichida qanday ijobiy va sezilarli oʻzgarishlarga erishgani va diniy erkinlik uchun yanada ochiq shart-sharoitlar sari intilayotganini koʻrishdan mamnun boʻldim”, — dedi Komissiya rahbari. “Diniy tashkilotlarni roʻyxatga olish, diniy eʼtiqod erkinligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha davom etayotgan muloqotlar bizni ruhlantirdi. Oʻzbekiston hukumati bilan yoʻlga qoʻyilgan muloqot uning islohot va oʻzgarishlarni yanada ilgari surish yoʻlidagi kuchli maqsadidan dalolat beradi. «Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida ishtirok etish uchun may oyida Oʻzbekistonga navbatdagi safarimni intiqlik bilan kutyapman, – dedi komissiya raisi.
Shimoliy Amerika Islom hamjamiyati sobiq prezidenti doktor S.Sayyid Oʻzbekiston asrlar davomida maʼrifiy islom markazlaridan biri - , hadislar toʻplami muallifi islom mutafakkiri Imom al-Buxoriy tugʻilgan zamin boʻlib kelganini taʼkidladi. Doktor Said Amerikada shakllanayotgan musulmon jamiyati Oʻzbekiston bilan aloqalarini kengaytirish zarurligini taʼkidladi. Shu nuqtayi nazardan, Shimoliy Amerika Islom hamjamiyati sobiq rahbari AQSHda Merilend shtatidagi Indoneziya Musulmon Jamiyati Assotsiatsiyasi (IMAM) Islom markazi yoki Turkiya hukumati koʻmagida tashkil etilgan Diyonet markaziga oʻxshash Oʻzbekiston Islom markazini tashkil etishni taklif qildi.
Global faoliyat instituti (“IGE”) rahbari K.Zeypl ushbu tadbirga taklif etilgani uchun minnatdorlik bildirib, bir necha din vakillari ahil-inoq yashayotgan Oʻzbekiston tajribasi boshqa mamlakatlarga diniy erkinliklarni taʼminlash modeli sifatida oʻrnak boʻlishi mumkinligini taʼkidladi. “Shu munosabat bilan 2022-yil may oyida Global faoliyat instituti Oʻzbekiston hukumati bilan birgalikda «Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumini oʻtkazish niyatida. Tadbir dunyoga Oʻzbekiston musulmonlar va nasroniylar, birinchi navbatda, ruhoniylar va imomlar oʻrtasidagi konfessiyalararo muloqot oʻrnatilgan davlat misoli ekanligini yana bir bor koʻrsatadi», — dedi u.
Bundan tashqari, xalqaro forum davomida olimlar va ekspertlar diniy savodxonlikni oshirish, eʼtiqod erkinligini taʼminlash, shuningdek, turli dinlarni birlashtirgan Oʻzbekiston islom meʼmorchiligi masalalarini ham muhokama qiladilar, dedi “IGE” rahbari.
Diniy erkinlik boʻyicha sobiq maxsus elchi D.Sapershteyn fikriga koʻra “Oʻzbekistonning boy musulmon, nasroniy va yahudiy tarixi borligini turli din vakillarini bir dasturxon atrofida toʻplagan mazkur iftorlik yana bir bor tasdiqladi. Biz hamkorlik qilsak va birgalikda ishlasak, bir-birimiz bilan baham koʻrsak, biz yorqin yangi kelajakni yaratamiz”.
Suhbat chogʻida Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi eng qadimiy masjid – “Masjid Muhammad” imom-xatibi Tolib Sharif ushbu iftorlik alohida va gʻoyat muhim voqea boʻlganini, chunki tadbir muqaddas Ramazon oyida islomning insonparvarlikni ilgari suruvchi din ekanligi yana bir bor namoyon boʻldi. Koʻp asrlik tarixi islom tarixi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan Oʻzbekiston imom-xatiblari bilan uchrashishdan juda mamnun boʻldim. Bunday uchrashuvlar ikki davlat imom-xatiblari va ulamolari oʻrtasida oʻzaro fikr almashish imkonini bermoqda. Oʻzbekiston hukumatining shu kungacha qilgan ulkan qadamlarini ham olqishlamoqchiman. Oʻzbekiston millatlararo va dinlararo totuvlik gullab-yashnagan dunyoviy davlat namunasi boʻlib qolmoqda», — dedi Amerika masjidi rahbari.
Oʻz navbatida yetakchi tahliliy markaz – AQSH Tinchlik instituti (USIP) eksperti, Davlat departamentining diniy ozchiliklar boʻyicha sobiq maxsus maslahatchisi Noks Temza Oʻzbekistonda diniy erkinliklarni taʼminlash borasida sezilarli yutuqlarga erishilganini qayd etdi. Uning soʻzlariga koʻra, “Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahnamoligi ostida Oʻzbekistonda qonunchilik, diniy tashkilotlarni roʻyxatga olish sohasida jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bundan atigi besh yil avval aqlga sigʻmaydigan narsalarning aksariyati bugungi Oʻzbekistonda haqiqatga aylandi. Men esa Oʻzbekistonning kelajakda bundan ham yuqori yutuqlarga erishishini kutib qolaman”, — dedi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring