“Valyutchik”lar qoʻlga tushdi. Ulardan qancha miqdordagi chet el valyutasi ashyoviy dalil sifatida olindi?

17:14 10 Avgust 2024 Jamiyat
612 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxsni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi va Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan O.B. qonunga xilof ravishda jami 3 ming 150 AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 39,9 million soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, O.B. ning yonidan yana 12 ming 424 AQSH dollari, 200 Yevro, 9 ming 600 Turk lirasi, 138 ming 945 Rossiya rubli, 368 ming 500 Qozoq tengesi va 500 ming soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, “Tokio-2020” Olimpiadasi gʻolibi Akbar Joʻrayev “Parij-2024”da kumush medalni qoʻlga kiritgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?