Valyuta qimmatliklari bilan shugʻullangan shaxslar Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan ayblanmoqda
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olganini maʼlum qildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan F.B. fuqaro B.I.ga jami 3 800 AQSH dollarini 48 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Urganch shahar boʻlimi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan X.X. fuqaro X.I.ga jami 3 ming 800 AQSH dollarini 48,1 million soʻmga sotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Bundan tashqari, Departamentning Boʻzatov tumani boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan J.B. fuqaro B.A.dan jami 300 ming Rossiya rublini 40,2 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan hujjatlashtirib olingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming aholi kambagʻallikdan chiqarilishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring