Uzbekistan Airports va Kasaba uyushmalari kengashi yangi dasturni joriy etadi
“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston Aviatsiya sohasi xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi oʻrtasida 2023-2025-yillarga moʻljallangan tarmoq bitimi imzolandi, unga koʻra kasaba uyushmasining yangi modeli yaratilmoqda, bu esa boshqaruv kompaniyasi va uning barcha tarkibiy boʻlinmalari — aeroportlar, UzPort, UzCargo, SilkAvia shuʼba korxonalari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tarmoq siyosatini amalga oshirish imkonini beradi. Tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, “Uzbekistan Airports”da xodimlarning kasaba uyushma badallarini aniq dasturlar uchun taqsimlovchi maxsus komissiya tuzilmoqda.
Avvalo, kasaba uyushmasi koʻmagida ipoteka jamgʻarmasi tashkil etiladi, bu fonddan kompaniya daromadlari uy-joy muammosini hal qilishga imkon bermaydigan, lekin ayni paytda ogʻir ahvolda va uy-joyga ehtiyoji boʻlgan xodimlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi. Ijtimoiy siyosatning yana bir muhim yoʻnalishi xodimlarning sogʻligʻini qoʻllab-quvvatlash boʻladi. Kasalxonaga yotqizish bilan bogʻliq ogʻir kasalliklarni davolash uchun moddiy yordam ajratilishi taʼminlanadi. Shuningdek, kompaniya xodimlarini madaniy va sport sohasida qoʻllab-quvvatlash — “team building” tashkil etish, sport musobaqalari, madaniy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, xodimlarning farzandlari uchun sovgʻalar va bolalar oromgohlariga yoʻllanmalar olish uchun mablagʻ ajratiladi.
“Biz kadrlarga katta ahamiyat beramiz. 2022-yilda boshqaruv kompaniyasining oʻzida va uning barcha tarkibiy boʻlinmalarida 626 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Aviatsiya — bu alohida soha, bu yerda tayyor kadrlar deyarli yoʻq. Shuning uchun bizning yondashuvimiz, hatto tajribasiz, maxsus maʼlumotga ega boʻlmagan xodimni olib, uni «oʻqitish”. Bunda, albatta, bizga turli sohalarga jalb etayotgan, tajribalarini yosh xodimlar bilan oʻrtoqlashayotgan xorijlik mutaxassislar yordam bermoqda. Oʻtgan yil bu juda samarali model ekanligini koʻrsatdi.
Tom maʼnoda bir yil ichida biz yosh xodimlarning yaxshi, yetakchi mutaxassislar boʻlib yetishishini koʻramoqdamiz. Kasbiy oʻsishdan tashqari, albatta, xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratish muhimdir. Ishda odam mehnat haqida oʻylashi kerak, buning uchun kasaba uyushmalari dasturini isloh qilmoqdamiz, uni xodimlarimizning ehtiyojlariga moslashtiryapmiz», — dedi “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring