“UzAuto Motors” yangilangan "Chevrolet Traverse" va "Tahoe" modellari sotuvi boshlanganini ma'lum qildi (foto)
Foto: Uzauto Motors Matbuot xizmati
3-martdan boshlab Uzauto Motors Chevrolet Traverse va Tahoe avtomobillarining yangi modellarini xarid qilish boʻyicha arizalarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda kompaniyaning Matbuot xizmati maʼlum qildi. Xabarga koʻra, Traverse narxlari 469,2 mln soʻmdan boshlansa, Tahoe narxlari 597,6 mln soʻmdan boshlanadi.
Uzunligi besh metrdan oshiq boʻlgan avtomobil salobatli koʻrinibgina qolmay, yonilgʻi sarfini kamaytirish uchun zamonaviy 5,3 litrli dvigatel hamda 10 pogʻonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Chevrolet Tahoe dvigateli 343 ot kuchiga ega boʻlib, 512 Nm maksimal aylanish momenti- 8 soniyada 100 km/sgacha tezlanadi.
Yangi Chevrolet Tahoe 2022 10,2 dyumli sensorli axborot-koʻngilochar ekraniga ega. Shuningdek, unga 9 ta kalonkadan iborat premium “Bose” dinamiklari ulangan. Ekranda avtomobil holatini 360 gradusda koʻrish mumkin.
Chevrolet Tahoe 2022 yil modelining yangi opsiyalari quyidagilar:
– Panoramali lyuk;
– simsiz quvvatlash qurilmasi;
– piyodalarni aniqlash tizimi;
– havo aylantirish xususiyatiga ega boʻlgan charm oʻrindiqlar;
– masofadan garaj eshigini boshqarish funksiyasi;
– 3 zonali iqlim nazorati (klimat-kontrol) tizimi;
– toʻliq old va orqa diod faralar;
– oʻchirish funksiyasiga ega start/stop tizimi;
– old oʻrindiqlar ventilyasiyasi.
– 360ͦ kamera;
– harakatlanish qatorini saqlash va boshqalar.
Chevrolet Traverse 2022
Traverse 3.6 litrli V6 dvigateli 318 ot kuchiga ega boʻlib, 7.6 soniyada 100km/s gacha tezlanish bilan avtomobilni qulay boshqarishni hamda yoqilgʻi tejamkorligini taʼminlaydi. Yetti oʻrindiqli avtomobil qulaylik uchun eng soʻnggi funksiyalar bilan birga koʻngilochar hamda xavfsizlik boʻyicha eng ilgʻor texnologiyalarni taklif etadi.
Rangli 8 dyumli sensor ekran 10 ta kalonkadan iborat premium “Bose” dinamikli multimedia tizimiga ega. Xavfsizlik texnologiyalari va texnik xususiyatlari tufayli Traverse bilan yilning istalgan vaqtidagi har qanday safarda oʻzingizni yanada ishonchli va erkin his qilasiz.
Chevrolet Traverse 2022 yil modelining yangi opsiyalari quyidagilar:
– Oldidagi transport vositasiga moslashuvchan kruiz-kontrol
– avtomatik tormoz tizimi;
– toʻliq old va orqa diod faralar;
– oʻchirish funksiyasiga ega start/stop tizimi;
– xavfdan ogohlantiruvchi oʻrindiq;
– oldidagi avtomobilga nisbatan distansiya monitoring sistemasi;
– harakatlanish qatorini saqlash;
– simsiz quvvatlash qurilmasi va boshqalar.
Chevrolet Traverse hamda Tahoe 2022 modellari uchun shartnomani UzAuto Motorsning quyida nomlari keltirilgan rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring