UzAuto Motors yana toʻrtta yangi modelini taqdim etadi
UzAuto Motors 25-dekabr kuni Toshkentda Chevroletʼning toʻrtta yangi modeli taqdimotini oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Spot.uz manbasi xabar berdi.
Kompaniya taklifnomasida qayd etilishicha, mazkur modellar ilgʻor texnologiyalari va jozibador dizayni bilan barchani hayratga soladi.
Manbaga koʻra, gap Equinox, Traverse, Trailblazer va Onix rusumlari haqida ketyapti. Buni boshqa omillar ham tasdiqlaydi. Masalan, oktyabr oyida AQSH kompaniyasi mamlakatimizda Onix tovar belgisini roʻyxatda oʻtkazgan edi.
Oktyabrda esa GM Thailand Oʻzbekistonga Trailblazer modelining birinchi turkumini yuborgani maʼlum boʻlgandi. Shu oyning oxirida esa tarmoqlarda Oʻzbekistondagi Equinox fotosuratlari paydo boʻldi.
Traverse rusumi esa bahor faslida davlat rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi doirasida namoyish etilgandi. Aytgancha, oʻsha yerda Equinox va Trailblazer ham bor edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring