Ustyurtda shamol elektr stansiyasi quriladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi quriladi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida “ACWA Power” kompaniyasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda aytib oʻtildi.
Unda kompaniya tomonidan Ustyurt tekisligida qurilishi rejalashtirilgan shamol elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish, bu yoʻnalishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, stansiya qurishdan oldin kompaniya tomonidan Ustyurt tekisligida shamoldan elektr energiya olish imkoniyatlari, infratuzilmasi, hayvonot dunyosini oʻrganish borasida olib borilayotgan izlanishlar va boshqa bir qator muhim masalalar haqida soʻz yuritildi.
Uchrashuv yakunida Qoraqalpogʻistonda har qanday investor qoʻllab-quvvatlanishi va ularga yangi investitsiyaviy loyihalarni ishga tushirish uchun barcha qulayliklar yaratib berilishi taʼkidlab oʻtildi.
Gʻayrat OTAJONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring