Urgutda ETK hisobchisi va sobiq muhandisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

19:22 15 Avgust 2024 Jamiyat
522 0

Foto: Prokuratura departamenti

Samarqand viloyati Urgut tumanida ETK hisobchisi va sobiq muhandisi firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarini qaytardi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda “Y.K” xususiy korxonasiga qarashli savdo doʻkonlarini norasmiy boshqarib kelgan J.Yu tuman elektr tarmoqlari korxonasi sobiq muhandisi A.N. bilan oʻzaro til biriktirib, ushbu doʻkonlarga oʻrnatilgan elektr hisoblagichni roʻyxatdan oʻtkazmasdan jami 80,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Shuningdek, sobiq muhandis A.N. va Urgut tumani ETK hisobchisi J.T. doʻkon boshqaruvchisi J.Yu.ga ETK xodimlari tomonidan joriy yilning 12-iyulida oʻtkazilgan tekshiruvda hisoblangan zararni kamaytirib berishni vaʼda qilishib, unga orqa sana bilan rasmiylashtirilgan soxta dalolatnomani berib, evaziga 38 mln soʻm pulini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan, tergovga qadar tekshiruv davomida A.N. va J.T. tomonidan 38 mln soʻmning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер