Deputatlar muhim qonun loyihasini moddama-modda koʻrib chiqdi
Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasining axborot xizmati maʼlum qilgan.
Xabar qilinishicha, qonun loyihasida belgilanayotgan normalar yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan samarali va masʼullik bilan foydalanish va qayta toʻldirish, uni zamonaviy amaliyot bilan uygʻunlikda muhofaza qilish hamda tizimli nazoratini taʼminlashga qaratilgan.
Qonun loyihasi bilan yer qaʼridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalarni berish, hisobotlarni qabul qilish va boshqa sohadagi davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarida “yagona darcha” prinsipi joriy etiladi. Shuningdek, yer qaʼridan barqaror foydalanish tamoyili kiritilib, oqilona ishlatish talablari yer qaʼridan foydalanuvchilarning majburiyati sifatida belgilanmoqda.
Bundan tashqari, noruda xomashyo konlarini qidirib topish va oʻzlashtirishga oid normalar kuchaytirilmoqda. Noruda qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish va qazib olish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirishning aniq tartibi belgilanishi rejalashtirilgan.
Xalqaro amaliyotga mos ravishda “kadastr maydoni” tushunchasi ham kiritilishi koʻzda tutilgan. Ekologiya va atrof-muhitni kelgusida kafolatli asrash maqsadida yer qaʼridan foydalanishda ekologik xavfsizlikni taʼminlashning qoidalari nazarda tutilyapti.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan kon-geologiya ishlarini xalqaro standartlarda ekologiya va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiq ravishda amalga oshirish normalari takomillashtirildi. Shuningdek, deputatlarning aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi yer osti boyliklarini masʼuliyat bilan geologik jihatdan oʻrganish va ulardan foydalanish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solish, barqaror yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi.
“Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring