Urganch shahar jamoat transporti tizimi takomillashtiriladi
Xorazm viloyati transport boshqarmasida “Zhongtong Bus Holding Co., Ltd.” zavodi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda viloyatga olib kelinishi rejalashtirilgan avtobuslarga servis xizmatlarni tashkil etish, avtobuslarni texnik jihatdan shahar yoʻllariga mos ravishda ishlab chiqarish va Toshkent transport universiteti mutaxasislar tomonidan ishlab chiqilgan “Urganch shahar transport tizimini takomillashtirish” modeli muhokama qilindi.
Shuningdek “Zhongtong Bus Holding Co., Ltd.” zavodi vakillari “BUNYODYULOVCHITASHISH” MCHJ tomonidan avtobuslarni saqlash va ekspluatatsiya qilish boʻyicha yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Eslatib oʻtamiz, “Bunyodyoʻlovchitashish” MCHJ XItoyning “Zhongtong Bus Holding Co., Ltd.” zavodi bilan shahar yoʻnalishlari uchun 100 ta avtobus sotib olish boʻyicha shartnoma imzolagan. Mazkur shartnomaga muvofiq avtobuslar joriy yilning yakuniga qadar Xorazm viloyatiga olib kelinishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring