UNWTO rasmiy saytida Sentob haqida material eʼlon qilindi
Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) ning rasmiy saytida Oʻzbekistonning goʻzal turizm maskanlaridan biri boʻlgan Sentob turizm qishlogʻi haqida material eʼlon qilindi.
Materialda “Sentob — Aydarkoʻl suv ombori yaqinida joylashgan. Qishloq tabiiy bogʻlar, baland togʻlar, dengiz sathidan 1650 metr balandlikda joylashgan Fozilman koʻli bilan oʻralgan. Qishloqda 701 ta xonadon, jami 2024 nafar aholi istiqomat qiladi. Qishloq tabiati, oʻziga xos taomlari, eko va togʻ turizmiga eʼtibor qaratgan holda hududda turizm barqaror rivojlandi. Sentob – barcha inshootlar anʼanaviy tosh devorlardan qurilgan yoki ular bilan oʻralgan qishloq. Qishloqdagi ayrim uylar 2000-yil oldin toshdan qurilgan boʻlib, bu meʼmoriy xususiyat vaqt sinovidan oʻtgan”, deya taʼriflanadi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida tashkil etilgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida Navoiy viloyatining Nurota tumanida joylashgan Sentob qishlogʻi butun dunyo boʻylab “Best tourism villages” (Eng yaxshi turizm qishlogʻi) loyihasi gʻoliblari qatorida qayd etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring