Umurtqa pog‘onasi jarohatlarini tiklovchi neyroimplantat yaratildi
Ma’lumki, orqa miya jarohatlaridan so‘ng umurtqa pog‘onasining shikastlangan qismida nerv signallari uzatilishi to‘xtaydi. Bu esa ko‘p hollarda falajlikni yuzaga keltiradi.
Rossiyaning Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti "MISiS" olimlari bu muammoning samarali yechimini topdi. Ular tomonidan orqa miyada nerv o‘tkazuvchanligini tiklovchi neyroimplantat yaratildi.
Ushbu vosita biomoslashuvchan materialdan yasalgan bo‘lib, bemor to‘qimalari o‘sishiga imkon beruvchi maxsus chiziqlar bilan qoplangan.
Moslama nerv hujayralarini qo‘llab-quvvatlash uchun jarohat joyiga o‘rnatiladi. Vaqt o‘tishi bilan u sog‘likka ziyon yetkazmagan holda tana ichida erib ketadi. Natijada umurtqa pog‘onasidagi nerv impulslarining o‘tkazuvchanligi tiklanadi va bemor sog‘lom hayotga qaytadi.
Tadqiqotchilar fikricha, neyroimplantat allaqachon laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan. Navbatdagi klinik tekshiruvlar yakunlangach, u tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring