Umumiy ovqatlanish korxonalari 750 milliard soʻmdan ortiq soliq toʻlagan

15:20 28 Avgust 2024 Iqtisodiyot
220 0

“Fiskal tahlillar” portali yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari 750 milliard soʻmdan ortiq soliq toʻlaganini maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yil yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 19 ming 427 ta yuridik shaxs tomonidan 750,2 milliard soʻm soliq toʻlangan. Shundan 126,2 milliard soʻmi, yaʼni 16,8 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,8 trillion soʻmdan oshgan, qoʻllagan soliq imtiyozlari esa 30,8 milliard soʻmga yetgan.

Ushbu soliq toʻlovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

1. QQS – 53 mlrd soʻm;

2. JSHODS — 38 mlrd soʻm;

3. Foyda soligʻi – 30 mlrd soʻm;

4. Boshqa soliqlar — 5,2 mlrd soʻm.

Toʻliq infografikani quyida koʻrishingiz mumkin:

Avvalroq, Makkada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?