“Umidlar intihoda oʻladi”: Ikki hamyurtimiz bronza uchun maydonga chiqadi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Chorak finalda magʻlub boʻlgan ikki kurashchimiz bronza uchun kurashadigan boʻldi. Yunon-rum kurashi qoidasiga koʻra, chorak finalda yutgan kurashchi finalga chiqsa, oʻtish bahslarida 3-oʻrin uchun maydonga chiqadi.
Olimpiadada -77 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aram Vardanyan yaponiyalik Nao Kusakaga magʻlub boʻlgandi. Kusaka finalga chiqdi va kurashchimizga ham imkoniyat yaratib berdi.
Endi Vardanyan ertaga oʻtish bahsida Jazoir vakili Abdelkrim Uakaliga qarshi kurashadi. Ushbu bahsda gʻalaba qozongan kurashchi esa bronza uchun armanistonlik Malxas Amoyanga qarshi chiqadi.
97 kg vazn toifasida armanistonlik Artur Aleksanyan finalga chiqdi. Maʼlumki, Rustam Assakalov 5:9 hisobida aynan Arturga alamli magʻlubiyatga uchragan edi.
Endi hamyurtimiz Rustam Assakalovda ham bronza uchun kurashish imkoniyati paydo boʻldi. Endi Assakalov ertaga oʻtish bahsida Koreya Respublikasi vakili Kim Seung Jungga qarshi kurashadi.
Ushbu bahsda gʻalaba qozongan sportchi esa bronza uchun kubalik Gabriel Alexandro Kindelan bilan bahs olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring