UFCning “tojsiz qiroli” faoliyatini yakunladi
Bugun, 20-iyul tongida AQSHning Luiziana shtatida joylashgan “Smoothie King Center” majmuasida MMA boʻyicha UFC 318 turniri oʻtkazildi.
Mazkur turnirning markaziy jangida yengil vazn toifasi BMF kamari sohibi, Gavayi orollari vakili Maks Hollouey hamda ushbu vaznning sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Porye toʻqnash keldi.
Toʻliq 5 raund davom etgan markaziy jangda hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan Maks Hollouey gʻalaba qozondi. Maʼlumot uchun, ushbu jang Hollouey hamda Porye oʻrtasidagi uchinchi, “trilogiya” jangi boʻldi. Bundan oldingi ikki jangda Dastin Poryening qoʻli baland kelgandi.
Ushbu jangdan soʻng, amerikalik MMA ustasi rasmiy ravishda faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi. Taʼkidlash joizki, koʻplab MMA muxlislari Dastin Poryeni UFCdagi “Tojsiz qirol” deb atashadi. Sababi, Porye faoliyati davomida koʻplab yulduzli jangchilar bilan toʻqnash kelib, ularni magʻlub qilishga muvaffaq boʻlgan boʻlsada, mutlaq chempionlik kamariga ega chiqmagan.
Dastin Porye 1989-yilning 19-yanvar sanasida AQSHning Luiziana shtatida tugʻilgan. Amerikalik professional aralash yakkakurash ustasi . U yengil vaznda UFCning sobiq vaqtinchalik chempioni.
Porye 2009-yilda professional tarzda MMA turnirlarida qatnashib boshlagan. Oʻsha vaqtda magʻlubiyatsiz, ketma-ket 7-marta gʻalabaga erishgan. 2011-yilga kelib, UFC bilan shartnoma imzolagan. Dastin Porye professional MMA janglaridagi faoliyati davomida 40 ta jang oʻtkazib, 30 tasida zafar quchgan. 10 ta jangda imkoniyatni boy bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring