UFC chempioni MakGregor bilan jang qilish ehtimoli haqida gapirdi
Foto: AP
Aralash yakkakurash (MMA) boʻyicha avstraliyalik jangchi Aleksandr Volkanovski irlandiyalik Konor MakGregor bilan jang oʻtkazish ehtimoli haqida gapirdi.
Volkanovskining aytishicha, MakGregor u magʻlub etmagan yengil vazn toifasidagi yagona chempiondir.
“Shunday ekan, bu jang men uchun nimanidir anglatadi. Albatta, bu bahs olib kelishi mumkin boʻlgan pul haqida ham unutmasligimiz kerak”, deydi avstraliyalik sportchi.
MakGregor yengil va yarim yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni. Sportchi 2021-yilning yozidan beri oktagonga chiqmagan. U amerikalik Dastin Porye bilan boʻlgan oxirgi jangida oyogʻini sindirib olib, texnik nokaut bilan yutqazgan edi. Irlandiyalik sportchi professional faoliyatida 28 ta jang oʻtkazib, 22 tasida gʻalaba qozongan, 6 bor magʻlubiyat alamini totib koʻrgan.
34 yoshli Volkanovski yengil vazn toifasida UFC chempioni hisoblanadi. Uning hisobida 25 gʻalaba va bitta magʻlubiyat bor. Volkanovski oxirgi marta 2022-yil iyul oyida Maks Xollueyni hakamlarning yakdil qarori bilan magʻlub etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring