Uch ming qutidan ortiq “Esse Change”, “Milano” va “Parliament” nomli noqonuniy tamaki mahsulotlari “qoʻlga tushdi”
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov va Yakkasaroy tuman boʻlimlari aksiz markasiz noqonuniy tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar qildi.
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro F.S. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 ming 850 quti “Esse Change” va “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini 68,7 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ikkinchi holat esa Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlim tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda yakka tartibdagi tadbirkor “M.M.”ning savdo doʻkoni sotuvchisi xaridorga “Esse Change” va “Parliament” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo doʻkonidan sotuvga qoʻyilgan 129 turdagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 ming 198 quti tamaki mahsulotlari musodara qilingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq “Xalq soʻzi”da “Katta miqdordagi isteʼmolga yaroqsiz alkogol va tamaki “osmondan” tushdimi?” maqolasi chop etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring