Turoperatorlar, aviatashuvchilar va mehmonxona xarajatlarining bir qismi qoplanadi

15:07 29 Iyul 2023 Jamiyat
862 0

Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida 2023-yil 27-iyulda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Turizm sohasidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda turizm sohasiga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb etish va xususiy sektor uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aholi bandligini oshirish, transport yoʻnalishlarini kengaytirish, respublikaning turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda keng targʻib qilishni kuchaytirish orqali turizm infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohada davlat boshqaruvida yangi tartiblarni joriy etish koʻzda tutilgan.

Xususan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

- turistik oqimi past boʻlgan xorijiy davlatlardan turoperatorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir sayyoh uchun 20 AQSh dollaridan 100 AQSh dollarigacha ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar ajratiladi;

– turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijiy davlatlardan “Samarqand”, “Buxoro” va “Urganch” xalqaro aeroportlariga charter reyslarini tashkil etish uchun sarflangan xarajatlarining bir qismi normal davrda 20 AQSh dollari, qishda esa (20-noyabrdan 20-fevralgacha) 50 AQSh dollari miqdorida qoplanadi; har bir chet ellik sayyoh uchun mamlakatimizda kamida besh kecha turish sharti bilan;

– 2026-yil 31-dekabrgacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, balandligi kamida besh qavatli yangi mehmonxonani qurish (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismini qoplanadi. Shu bilan birga, kamida 60 ta xonali 3 yulduzli toifasini tasdiqlagan mehmonxonalarga har bir xona uchun 40 million soʻm, 4 yulduzli va 5 yulduzli toifadagi kamida 120 xonali mehmonxonalarga har bir xona uchun 65 million soʻm toʻlanadi.

Bundan tashqari, ushbu toifadagi mehmonxonalar mavjud boʻlmagan hududdagi birinchi ikkita 4/5 yulduzli mehmonxonalar va birinchi uchta 3 yulduzli mehmonxonalar uchun subsidiyalar miqdori 50 foizga oshadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?