Turkiyaning eng yaxshi qishki sayyohlik manzillari

13:05 02 Fevral 2024 Dunyo
52 0

Arxiv surat

Turkiyada qish mavsumi davom etmoqda va mamlakatning ichki qismi, shimoliy va sharqiy hududlari sovuq oylarda yoqimli dam olishni taklif qiladi. Qorli togʻlarda Turkiyaning ajoyib qishki turizm imkoniyatlarini ifodalovchi bir qancha changʻi markazlari joylashgan. Ushbu togʻ-changʻi kurortlari, eng zamonaviy mexanik jihozlar va oddiylikdan hashamatligacha boʻlgan turli xil turar joy manzillarini oʻz ichiga olgan, shuningdek, eng yaxshi turk ichimliklari va taomlari majmuasini taklif etadi. Keling, Turkiyaning eng yaxshi changʻi manzillarini koʻrib chiqaylik.

Erjiyes — Anadolu choʻqqisida
Mamlakatning oʻrtasida, dunyoga mashhur Kapadokiyadan uzoq boʻlmagan masofada, Markaziy Anadolu mintaqasidagi eng baland choʻqqi Erjiyes togʻining (3,916 m) tepasida Kayseridagi Erjiyes changʻi kurorti joylashgan. Togʻ-changʻi kurorti xalqaro standartlarga toʻla javob beroladigan eng soʻnggi texnologiyalar bilan jihozlangan, soatiga taxminan 26 750 kishini oʻtkazish quvvatiga ega, tez demontaj qilish mumkin boʻlgan ikki kishilik kanatlari va teleferiklari bilan eʼtiborni tortadi. Changʻichilar kanat va teleferiklarda endemik oʻsimliklar va Erjiyes togʻining ajoyib manzaralarini tomosha qilishlari mumkin.

Erjiyes, Peri bajalari, gʻor mehmonxonalari va yer osti shaharlarining betakror manzarasi bilan koʻrishga arziydigan joy boʻlib, Kapadokiyadan mashinada bir soatlik masofada joylashgan. Mazali pastirma va oʻzining chuchvaralari bilan maftun etgan Kayseri shahri, shuningdek, Markaziy Anadoluning mahalliy uzumlaridan biri boʻlgan Emirdan tayyorlangan mashhur turk vinolari va Karamanning mahalliy “Divle obruk” va “Nigʻde mavi” (koʻk) pishloqlarini taqdim etadi.

Palandoʻken: Erzurumda qish zavqi
Yil davomida olti oy changʻi uchish mumkin boʻlgan Palandoʻken changʻi markazi Turkiyaning sharqiy Erzurum viloyatidagi Palandoʻken togʻi etagidagi Boshkoʻy togʻ qishlogʻida dengiz sathidan 2100 metr balandlikda joylashgan. 2011-yilgi Jahon qishki Universiada oʻyinlari va 2017-yilgi Yevropa yoshlar qishqi olimpiadasiga mezbonlik qilgan Palandoʻken togʻi tungi changʻi sporti uchun yoritilgan togʻ yonbagʻirlarni va Turkiyadagi eng uzun qiyalikni taklif etadi. Markaz “New York Times” tomonidan 41 ta changʻi kurortlarining eng yaxshi 20 taligiga kiritilgan va 22 ta qiyalikdan iborat boʻlib, ular changʻida oson uchish imkonini beradi. Bundan tashqari, qiyaliklarda beshta kanat va teleferiklari xizmat koʻrsatadi. Palandoʻken togʻlari, snoubord, slalom va katta slalom yoʻnalishlari uchun ideal hisoblanadi.

Bu yerda dunyodagi eng baland sharsharalardan biri boʻlgan Tortum sharsharasi joylashgan. Tortum koʻli, Narmanning peri bajalari va Ispir Yedigoʻller Erzurumning oʻziga xos goʻzal sayyohlik manzillari hisoblanadi.

Ziravorlar bilan marinadlangan goʻshtlarning choʻpga terilib oʻtin olovida pishiriladigan jagʻ kabob Erzurumning oʻziga taomidir.

Sarikamish — Turkiyaning eng sharqiy choʻqqisi
Turkiyaning mashhur Sharqiy Ekspres poyezdining Erzurumdan keyingi soʻnggi bekati Kars, mamlakatning eng qiziqarli qishki mazillaridan biridir.

Shahar yaqinidagi Chamurlu togʻida 2100-2634 metr balandlikda joylashgan Sarikamish togʻ-changʻi markazi dunyoga mashhur Alp togʻlari bilan bir xil qor sifatiga ega. Obyekt ikkita mexanik qiyalikka ega boʻlib, birinchisi soatiga 1800 kishini oʻtkazish quvvatiga ega va uzunligi 1435 metrni tashkil qilsa, ikkinchisi soatiga 800 kishini oʻtkazish quvvatiga ega va uzunligi 2250 metrni tashkil qiladi. Dam olish maskani sariq qaragʻay daraxtlarining goʻzal koʻrinishiga ega boʻlgan yettita changʻi yonbagʻirlarini taklif etadi.

UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan qadimiy Ani shahri va muzlagan suvlar boʻylab ot chanalari sirpanib yurgan Childdir koʻli doim sayyohlarni oʻziga maftun etadi.

Kars uslubidagi mazali pishirilgan gʻoz, Kars kashari va gruyere kabi mintaqaviy pishloqlar va mahalliy Oʻkuzgoʻzi va Bogʻazkere uzumlaridan tayyorlangan anʼanaviy sharoblar har qanday did nozik sayyohga ham maʼqul tushadi.

Uludagʻ — Bursaning Oq choʻqqisi
Bursaning janubi-gʻarbida joylashgan Uludagʻdagi changʻi kurorti Istanbulga yaqinligi bilan Turkiyaning eng mashhur kurortlaridan biridir. Gʻarbiy Anadoluning eng baland togʻi Uludagʻ etagidagi changʻi maydoni 1750-2543 metrni tashkil qiladi. Sakkizta kanat, yettita T-bar va 13 xil qiyaliklarga ega changʻi markazi changʻi jihozlarini ijaraga olish va professional oʻqituvchilardan darslarni taklif qiladi. Bundan tashqari, Uludagʻdagi changʻi kurortida heli-changʻi, snoubord, konkida uchish va qorda velosipedda uchish uchun treklar mavjud.

Bursa yaqin atrofda joylashgan va teleferik orqali osongina borish mumkin boʻlgan yoʻnalishdir. Bursaning mehmonxonalar hududidagi monumental binolarni, ayniqsa Koza Xan va Ulu masjidini ziyorat qilib, changʻi taʼtilingizni zavqli oʻtkazishingiz mumkin.

Bursaning mahalliy taomi — Iskandar kabob bilan ham mashhur. Bursa Iskandar kabobini tatib koʻrish uchun eng toʻgʻri joy boʻlib, u toʻgʻralmasdan oldin grilda pishiriladi va tugʻralgan pita noniga issiq pomidor sousi va maxsus sariyogʻ qoʻshilib dasturxonga tortiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?