Turkiyadagi mehmonxonada sodir boʻlgan yongʻinda 10 kishi halok boʻldi

13:12 21 Yanvar 2025 Dunyo
251 0

Bugun, 21-yanvar kuni Turkiya shimoli-gʻarbidagi togʻ-changʻi kurortidagi mehmonxonada yirik yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda “NBC News” nashri xabar bergan.

Soʻngi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida kamida 10 kishi halok boʻlgan hamda 32 kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning maʼlum qilishicha, yongʻin tungi vaqtda mehmonxona restoranidagi xavfsizlik qoidalari buzilishi oqibatida kelib chiqqan boʻlishi mumkin.

Dastlab, yonayotgan bino ichidan sakrab chiqqan ikki nafar fuqaro olgan jarohatlari tufayli vafot etgan, deb xabar bergan edi gubernator Abdulaziz Oydin OAVga bergan intervyusida.

Odamlar yongʻindan omon qolish uchun choyshablarga oʻrangan holda hududni tark etishga uringani aytiladi. “Oydin” idorasining bildirishicha, voqea joyiga zudlik bilan 30 ta oʻt oʻchirish hamda 28 ta tez yordam mashinasi yuborilgan. Yongʻin sabablari hozircha rasman maʼlum qilinmagan.

Xabarlarga koʻra, yongʻin vaqtida mehmonxonada 234 nafar odam boʻlgan. Yongʻin talafotlarini kamaytirish maqsadida yon atrofda joylashgan mehmonxonalardagi odamlar ham xavfsiz hududga evakuatsiya qilingani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?