Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi
Illyustrativ foto
Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.
Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.
Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat — Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor, Qohirada bir bor esa zilzila qayd etilgan.
Bir kun avval Italiya milliy geofizika va vulqonologiya instituti mamlakatning Neapol shahri hududida 4,4 magnitudali zilzila sodir boʻlganini xabar qilgandi. Keyinroq bu yerda yana 3,5 magnitudali silkinish qayd etildi. Institutning xabar berishicha, mahalliy aholi zilzilalarni aniq his qilgan. Rasmiylar xavfsizligini taʼminlash uchun hududdagi bir necha maktab oʻquvchilari va Federiko II universiteti talabalarini evakuatsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring