“Kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tashkil etiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qoʻqon universiteti zamonaviy asbob-uskunalar, texnika va laboratoriyaga ega 400 oʻrinli oʻquv markazini ishga tushirdi. Bu haqda Prezidentning yoshlar bilan muloqotida maʼlum qilindi.
Universitet ehtiyojmand oilalar farzandlarini oʻquv markazida dasturlash, sunʼiy intellekt, robototexnika boʻyicha 6 oylik oʻquv kurslarida bepul oʻqitmoqchi. Birgina shu orqali yiliga 5 mingdan ziyod uyushmagan yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratiladi.
Yoki Toshkent agrar universiteti mexanizatsiya va agromuhandislik yoʻnalishidagi talabalarini “dual” taʼlim asosida bevosita Chirchiqdagi agro-tex klasterida oʻqitmoqchi. Ular bir vaqtning oʻzida ishlab, maosh oladi.
Shuningdek, universitetda har biri 5 nafar talabadan iborat “Kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tashkil etiladi. Ushbu jamoalar oʻquv yili davomida 10 sotix yerni oʻzlashtirib, oʻzlari ekin ekadi. Ular yerning unumdorligini oshirish, serhosil va yuqori daromad olish koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, kursdan kursga oʻtadi.
Qolgan barcha oliygohlar ushbu ijobiy tajribalardan namuna olishi zarurligi qayd etildi.
Endi joylarda mana shunday maskanlarni tashkil qilib, ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni bepul oʻqitishni yoʻlga qoʻygan oʻquv markazlari yer va mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi, kommunal xarajatlarining yarmi byudjetdan qoplab beriladi, oʻqituvchilarga toʻlangan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq “keshbek” sifatida qaytariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring