Transport vazirining Qonunchilik palatasi parlament soʻroviga yuborgan javobi muhokama etildi

13:22 23 May 2023 Siyosat
432 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar Transport vaziri I.Mahkamovning “Avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga yuborgan javobini atroflicha koʻrib chiqishdi.

2017 — 2022-yillar davomida esa respublika va mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan jami 80 531 km avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash shuningdek, 1 265 dona koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro transport koridorlari hisoblangan xalqaro ahamiyatdagi A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 195 km, A-373 “M-39 avtomobil yoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 140 km, M-39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining 179 km, M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 71 km, “Qarshi-Shahrisabz” yoʻnalishidagi avtomobil yoʻlining 21 km qismlari rekonstruksiya qilindi.

Shuningdek, 2023-2027-yillar davomida xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan 920,9 mln dollarlik 5 ta loyiha amalga oshirilgan holda, 177 km uzunlikdagi magistral va 1 947 km uzunlikdagi mahalliy ahamiyatga ega yoʻllar taʼmirlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Majlisda deputatlar parlament soʻroviga javobda koʻtarilgan masalalar boʻyicha atroflicha maʼlumotlar taqdim etilganini eʼtiborga olib, ushbu parlament soʻrovi yuzasidan tayyorlangan Qonunchilik palatasining qaroriga bir qator takliflar ham berdi.

Muhokamalarga boy boʻlgan majlisda kun tartibidagi masala tegishli qoʻmitaning doimiy nazoratida boʻlishi alohida qayd etilib, parlament soʻroviga yuborilgan javob maʼlumot uchun qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?