Transport va logistika sohasida Litva bilan hamkorlik rivojlantiriladi
Foto: «Xalq soʻzi»
Joriy yilning 4-aprel kuni Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev Litva Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri oʻrinbosari Yulius Skachkauskas boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda transport va logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
Xususan, fuqaro aviatsiyasi sohasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish orqali mamlakatlar oʻrtasida muntazam yoʻlovchi va yuk tashuvlarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, avtomobil transportida va temir yoʻllari orqali xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish bunda Litva portlari va logistika markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan bogʻliq jihatlar koʻrib chiqildi.
Uchrashuv davomida Litva portlari imkoniyatlari, xususan, Klaypeda porti infratuzilmasi u yerda yaratilgan sharoitlar yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.
Tomonlar mamlakatlarimiz oʻrtasida transport va logistika yoʻnalishida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish uchun barcha sharoitlar mavjudligini, imkoniyatlardan samarali foydalanish har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini alohida taʼkidlab oʻtishdi.
Uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik yoʻnalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring