Tramp va Mask oʻrtasidagi mojaroda kim gʻalaba qozonishi maʼlum qilindi
Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp va biznesmen Ilon Mask oʻrtasidagi mojarodan AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens foyda koʻradi. Bu fikrlarni “Sunday Times” yozmoqda.
“Respublikachilar doiralarida Tramp va Mask ziddiyatga kirishganida, vitse-prezident bundan yuqoriga koʻtarila olgani eʼtibordan chetda qolmadi. Ayni paytda Vens 2028-yilda ham “Make America Great Again” (“Amerikani yana buyuk qilish” — Tramp harakati shiori) saqlab turish uchun hammaga yoqimli hisoblanadi”, deyiladi nashr maqolasida.
Maqola muallifining qayd etishicha, Vashingtondagi kayfiyat juda tez oʻzgarib bormoqda, bu esa Respublikachilar partiyasining boʻlinishiga va 2028-yilgi AQSH prezidentlik saylovlarida demokratlarning gʻalabasiga olib kelishi mumkin.
Tramp va Mask oʻrtasidagi ziddiyat
Oʻtgan haftada tadbirkor AQSH Hukumat samaradorlik Departamenti rahbari lavozimini tark etdi.
Kuni kecha u Tramp tomonidan ilgari surilgan yirik byudjet loyihasini qattiq tanqid qilib, uni “jirkanchlik” deb atadi.
Oq uy rahbari hafsalasi pir boʻlganini aytib, Mask uchun koʻp ish qilganini taʼkidladi, tadbirkor esa unga javoban Trampni prezident saylovida gʻalabasiga katta hissa qoʻshganini pesh qildi.
Payshanba kuni Tramp byudjetdan milliardlab dollarni tejash maqsadida biznesmen kompaniyalariga endi davlat subsidiyalari va shartnomalar bermaslikni taklif qildi.
Prezidentning subsidiyalarni bekor qilish taklifidan soʻng Mask “SpaceX” darhol “Dragon” kosmik kemasini foydalanishdan chiqarishni boshlashini aytdi, biroq tez orada u bu fikridan qaytdi. Mask, shuningdek, Trampga impichment eʼlon qilishga chaqirdi va uni vitse-prezident Jey Di Vens bilan almashtirishni taklif qildi. Oʻzaro kelishmovchilikdan soʻng, “Tesla” aksiyalari Uoll-strit birjasidagi savdolar ochilishida deyarli 14 foizga arzonlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring