Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda
Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida “Pravda” nashri xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.
Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harbiy va moliyaviy yordam sifatida olgan milliardlab dollarlik mablagʻlarni qoplab berishi shart boʻladi.
Shuningdek, Ukraina tabiiy resurslarni oʻzlashtirishdan olinadigan foydaning yarmini AQSH nazoratidagi fondga oʻtkazishi lozimligi ham shartnoma tuzishning yangi shartlari roʻyxatiga kiritilgan.
Bundan tashqari, Vashington Ukraina urush davomida olgan barcha mablagʻlarining ustiga yillik 4 foiz qoʻshimcha qoʻshilgan holda qaytarmaguncha, ushbu fonddagi Kiyev aktivlarini musodara qilishni moʻljallamoqda.
Nashrning qoʻshimcha qilishicha, AQSH hamda Ukraina oʻrtasida tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha bitimning yangilangan shartlari roʻyxatida Kiyev xavfsizligi boʻyicha kafolatlar haqida hech qanday band kiritilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring