Tramp Rossiya va Ukraina muzokaralaridan chiqadi. Agar…
Illyustrativ foto
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni talab qilmoqda, boʻlmasa jarayondan chiqib ketishini aytgan.
Uning maxsus vakili Stiv Uitkoffga koʻra, kelishuv boʻyicha muzokaralarning asosiy mavzulari Kiyevni hududlardan voz kechishga koʻndirish, Zaporojye atom elektr stansiyasidan foydalanish va Ukrainaning Dnepr hamda Qora dengizga kirishi haqida boʻladi. Uitkoff, shuningdek, prezident Vladimir Putinning roziligisiz Ukraina boʻyicha tinchlik bitimi amalga oshmasligini taʼkidladi.
“Tinchlik muzokaralarida asosiy toʻsiq beshta hudud masalasidir. Bu bizning urushimiz emas. Biz urushni boshlamadik, lekin uni tugatishga yordam berishni xohlaymiz. Buning yechimi sulh. Hamma zoʻravonlikni toʻxtatadi. Biz buni qila olamiz”, — deydi Uitkoff.
U beshta munozarali hudud haqiqiy front chizigʻi va maʼmuriy chegaralar oʻrtasidagi farqni belgilab berishini aytgan. Shu oʻrinda Uitkoff Zaporojye atom elektr stansiyasini “tojdagi marvarid” dedi va “katta munozara”ning bir qismi ekanini qayd etdi.
AQSHlik diplomat tomonlarni muzokaralar stoliga chaqirish orqali ijobiy yechimlar topilishiga ishonishini taʼkidlab, Putin va Zelenskiyning shaxsiy uchrashuviga ham umid bildirgan.
Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Bu haqda uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak aytib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv “toʻgʻri format emas”. Rossiya prezidenti yordamchisi va Istanbuldagi birinchi muzokaralarda Moskva delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy esa fundamental masalalarni muhokama qilish uchun yetarli vakolatga ega emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring