Toshkentlik 76 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi
7-iyul kuni Chilonzor tumanida yashovchi V.T. va uning oʻgʻlida “COVID-19” tasdiqlanganidan soʻng uyiga maxsus tez tibbiy yordam guruhi kelgan. Ammo bemorda kasallik belgilari boʻlsa-da, shifoxonada statsionar holatda davolanish rad etilgan.
11-iyul kuni bemorning ahvoli ogʻirlashgani sababli Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. U yerda unga “COVID-19”ning ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan.
Bemorda yurak ishemik kasalligi, zoʻriqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligining 2-darajasi, yurak va bosh miya tomirlari aterosklerozi, dissirkulyator ensefalopatiyaning 2-darajasi, 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi kabi hamroh kasalliklari boʻlgan.
Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring