Toshkentdan Issiqkoʻlga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi
10-iyundan boshlab Toshkent shahridan Qirgʻizistonning Choʻlponota (Issiqkoʻl) kurort shahrigacha mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi.
Qatnovlar oyning juft kunlarida (kunora) Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan joʻnaydi.
Chipta narxi 300 ming soʻm etib belgilangan. Qatnovlarni Uzautotrans Service MCHJ amalga oshiradi, shuningdek, kompaniya mazkur yoʻnalishda buyurtma qatnovlarini ham bajaradi.
Toshkent-Choʻltonota xalqaro avtobus yoʻnalishida safar vaqti 20 soat, yoʻnalish uzunligi 1060 kilometrni tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring