Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi
Foto: Transport vazirligi
Joriy yilning 28-dekabridan 2025-yilning 5-yanvariga qadar Toshkentdan Boʻstonliq tumanidagi “Chorvoq” erkin turistik zonasiga mavsumiy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Qatnovlar “UzAutoTrans Service” korxonasi tomonidan “Yutong” avtobuslarida tashkil etiladi. Transportlar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da joʻnaydi, Chorvoqdan (Humson) esa 12:00 va 18:00 da harakatlanadi.
Yoʻlkira narxi — 20 000 soʻm.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring