Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Foto: “Toshshahartransxizmat”
Joriy yilning 1-iyul kunidan boshlab Toshkent shahri (Mashinasozlar metrosi) – Chorbogʻ yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yoʻnalishga 47 ta oʻrindiqli, shinam va konditsionerlar bilan jihozlangan MAN RR3 rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Yoʻnalishda yoʻl kira narxi 25 ming soʻmni tashkil etadi.
Birinchi qatnov Mashinasozlar metrosi bekatidan har kuni soat 6:00 da boshlanadi. Qatnovlar har 1,5 soatda amalga oshiriladi. Harakat vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Soʻnggi qatnov soat 20:30 da Chorbogʻ tomondan amalga oshiriladi va soat 22:00 da Mashinasozlar metrosida tugatiladi.
Yoʻnalishdagi avtobuslar oʻz harakatini Mashinasozlar metrosidan boshlab, Maxtumquli koʻchasi, Yangi Oʻzbekiston bogʻi, Hojikent mavzesi, Chinorkent maskani orqali Xumson qoʻrgʻonigacha davom ettiradi.
Yoʻlovchilar naqd pul va bank kartalari orqali toʻlovni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring