AQSH noqonuniy muhojirlarni hibsga olish va deportatsiya qilish surʼatlarini oshirmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati mamlakat boʻylab noqonuniy muhojirlarni hibsga olish va deportatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish niyatida, deb xabar berdi TASS.
AQSH Ichki xavfsizlik vazirining yordamchisi Trisha Maklaflinning soʻzlariga koʻra:
“Oldinda hali katta ishlar turibdi. Biz hibsga olishlar sonini keskin oshirishni xohlaymiz. Bunga bizga zarur mablagʻ ajratadigan “keng qamrovli, ajoyib qonun loyihasi” yordam beradi. Ishonchim komilki, biz sezilarli natijalarga erishamiz”.
Maklaflinning taʼkidlashicha, Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimlari shtatini kengaytirish bu maqsadga erishishda muhim rol oʻynaydi.
U, shuningdek, Trampning ikkinchi prezidentlik davri davomida huquqni muhofaza qilish idoralari 500 mingdan ortiq noqonuniy muhojirni hibsga olgani, yana 1,6 million kishi esa deportatsiya tahdidi sabab mamlakatni oʻz ixtiyori bilan tark etganini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring