Toshkentdagi yana bir koʻchada harakat vaqtincha cheklanadi

13:56 17 Aprel 2025 Jamiyat
136 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Jaloyir koʻchasi vaqtincha yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 18−19−20-aprel kunlari Sergeli tumanidagi Jaloyir koʻchasida asfaltlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan koʻchada avtomobillar harakati 3 kunga cheklanadi.

Haydovchilardan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya etildi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 13-aprel kuni Toshkent shahrida yirik sport tadbirlari oʻtkazilishi sababli Yangi Oʻzbekiston koʻchasida hamda unga tutash koʻchalarda avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanishi xabar qilingan edi. Shuningdek, Mirzo Ulugʻbek tumanida kabel liniyalarini oʻtkazish ishlari boshlangani munosabati bilan, Sultoniya koʻchasining Buyuk Ipak yoʻli chorrahasidan to Sultoniya 5-tor koʻchasigacha boʻlgan qismida 10-apreldan 30-aprel soat 17:00 gacha transport harakati qisman cheklangandi.

2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari munosabati bilan esa Mirzo-Ulugʻbek tumani — KHAY boʻylab “Crafers” zavodi yaqini va 99-maktab hududi (KHAY va Oqqurgon koʻchasi kesishmasi)dagi avtomobil yoʻlining bir boʻlagida harakatlanish imkoniyati 11-aprelidan 1-mayigacha cheklangan.

Bundan tashqari, poytaxtning KHAY koʻchasi boʻylab Turkqoʻrgʻon koʻchasi kesishmasidan Xurshida koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismida 35 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 13-aprelidan 25-apreligacha Turkqoʻrgʻon koʻchasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi. Qayd etilishicha, harakat har ikki yoʻnalishda yoʻlning bitta tomoni orqali amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер